Fuqaroni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinadi
Jamiyat
−
03 yanvar 2022 8143 1 daqiqa
O‘zbekistonda fuqarolarni ichki ishlar organlariga olib borish tartibi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida so‘z borgan.
Farmonning 16-bandiga ko‘ra, Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022 yilda:
• ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
• harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestr yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi;
• “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish o‘rniga barcha ma’lumotlarni joyida tekshirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi;
• qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibi – “aybdorlik prezumpsiyasi” va “sudning faol ishtiroki” tamoyillari joriy etiladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr