Fuqarolar uyda boqishi taqiqlangan hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda fuqarolar uyida saqlashi taqiqlangan hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil 5 noyabr kuni qabul qilingan “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

  • jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash;

  • yovvoyi hayvonlarni davlat va mobil sirklarida (shapitolar) saqlash hamda ulardan sirk tomoshalarini o‘tkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi;

  • ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘lari va yoki pitomniklarda (terrarium, okeanarium, serpentariy va boshqalar) saqlanishi mumkin.

Bunda ro‘yxatdagi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hamda zaharli hayvonlar qonunchilikka muvofiq maxsus pitomniklarda saqlanadi.

Ro‘yxatdan chayon va o‘rgimchaklarning zaharli turlari, ilon, ba’zi toshbaqa turlari, sher, gepard, bo‘ri va sirtlon kabi hayvonlar joy olgan.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

boqish taqiqlangan hayvonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar