Fuqaro yuzini timdalab tashlagan erkak qidirilmoqda
Jamiyat
−
05 noyabr 2022
15461Toshkent shahar Sergeli tumanidagi avtomobil bozorida fuqaroning yuzini pichoq bilan kesib qochgan qashqadaryolik shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shaxar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 2 iyul kuni Sergeli tumanidagi avtomobil bozorida ikki erkak o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida 1986 yilda tug‘ilgan M.B. qo‘lidagi pichoq bilan A. ismli fuqaroning yuzini kesib yuborgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan M.B. ga nisbatan 277-modda 2-qismi “v” bandi (sovuq qurol qo‘llab bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Fuqaro tergovdan yashiringani uchun sirtdan ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinib, unga sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shahboz Abdusattorov
LiveBarchasi