Fransuz radiosi Yelizaveta II va Peleni “dafn qildi”

Olam

image

Fransiyaning Radio France Internationale radiosi jurnalistlari tasodifan hozirda tirik bo‘lgan bir qancha mashhur insonlarni “dafn qildi”, jumlada, Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ni ham. Ro‘yxatga shuningdek, aktrisa Brijit Bardo va rejissyor Klint Istvud ham kiritilgan.

“Dafn etilgan”lar orasida braziliyalik futbolchi Pele, Eron Oliy rahbari Ali Xumanaiy, AQSHning sobiq Prezidenti Jimmi Karter va boshqa ko‘plab mashhurlar bor. Radio saytida jami 100 ga yaqin hali hayot bo‘lgan odamning nekrologi joylashtirilgan.

“Birlashgan qirollik bugun ertalab yetimlanib qoldi. Bukingem saroyi qirolicha Yelizaveta ІІ’ning vafot etganini rasman e’lon qildi. ... sanada vafot etgan qirolicha 2020 yil 21 aprelda 94 yoshga to‘lgan bo‘lardi”, deyilgan Yelizaveta II ning nekrologida.

OAV vakillarining ta’kidlashicha, nekrologlar sayt tizimidagi xatolik sababli paydo bo‘lgan. Portal boshqa boshqaruv tizimiga o‘tkazilayotgani sababli shunday muammo yuzaga kelgan.

“Biz bu hodisa kimga taalluqli bo‘lgan bo‘lsa, uzr so‘raymiz, shuningdek, bizga ishonib, kuzatib boruvchilardan ham kechirim so‘raymiz”, degan Radio France Internationale xodimlari.

BBC nashrining ta’kidlashicha, ba’zi OAV zarurat tug‘ilganda tezda e’lon qilish uchun mashhur insonlar uchun nekrologlarni avvaldan tayyorlab qo‘yadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing