Fransuz kompaniyasi Toshkentdagi xonadonlarga “aqlli” suv hisoblagich o‘rnatadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining ichimlik suv ta’minotiga 218 mln yevrodan ko‘p mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda Prezidentning “Toshkent shahri ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qayd etilishicha, loyiha qiymati 218 mln yevroni tashkil etadi. Shundan 154,5 mln yevro Fransiya g‘aznachiligi va Yevropa banklari, 64,3 mln yevro esa O‘zbekiston tomonidan moliyalashtiriladi.

Loyihani amalga oshirishda kutilayotgan ko‘rsatkichlar quyidagilar:

•  jismoniy shaxs bo‘lgan iste’molchilarning barcha toifalari uchun ichimlik suv iste’molining nazorati va hisobini yuritish bo‘yicha masofadan ma’lumot uzatuvchi 673 mingta “aqlli” suv hisoblagich o‘rnatish;

•  ichimlik suv ta’minoti tizimida suv yo‘qotishlarini 12 foizga kamaytirish;

•  ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv ta’minoti bosh rejalarini ishlab chiqish.

Shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha qiymat solig‘i summasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

To‘langan qo‘shimcha qiymat solig‘i summasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda Uy-joy qurilish vazirligi, shahar hokimiyati,“Toshkent shahar suv ta’minti” MCHJ va Fransiyaning “SUEZ International SAS” kompaniyasi o‘rtasida “Toshkent shahri ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish”loyihasi bo‘yicha 7 yil davomida amal qiladigan birgalikda boshqarish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing