Fransiyalik milliarder va siyosatchi vertolyot halokatida vafot etdi

Olam

image

Kecha, 7 mart kuni fransuz siyosatchisi va milliarder Olive Dasso bo‘lgan shaxsiy vertolyot Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qismida qulab tushdi. Halokat oqibatida u uchuvchi bilan birga vafot etgan, deb xabar bermoqda “Figaro”.

Aviahalokat mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da, Dovil shahri yaqinidagi Kalvados hududida sodir bo‘lgan. Ushbu ma’lumotni Lizyo kommunasi davlat prokurori Delfin Menniyel tasdiqladi. “AS350 Squirrel” vertolyoti xususiy qo‘nish joyidan ko‘tarilayotganda qulab tushgan.

Havo transporti jandarmeriyasi odam o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov boshlagan.

Sanoatchi va Fransiya Milliy Assambleyasi a’zosi vafoti munosabati bilan Davlat rahbari Emmanuel Makron hamdardlik bildirdi. 

“Olive Dasso Fransiyani yaxshi ko‘rardi. U hayoti davomida unga xizmat qilish va asrab-avaylashdan to‘xtamadi. Uning to‘satdan vafot etishi bu katta yo‘qotish”, deb yozdi Prezident Twitter’da.

Dasso 69 yoshda edi. U fransuz samolyot muhandisi va biznes, harbiy samolyotlar va kosmik sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqaradigan hamda samolyotlarga xizmat ko‘rsatadigan “Dassault Aviation” oilaviy korporatsiyasining asoschisi Marsel Dassoning nabirasi edi. Guruh “Figaro” gazetasiga ham egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing