Fransiyadagi pul zavodida kuchli yong‘in yuz berdi (video)

Olam

image

Kecha, 9 fevral kuni Fransiya bankining poytaxt Parijning Shamaler kommunasidagi banknotalar bosiladigan zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “France Bleu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in banknotalar dizayni bo‘limida yuzaga kelgan. Boshqa bo‘limlarga o‘tmagan.

Markaziy bank vakilining aytishicha, unda yetti-sakkiz kishi ishlaydi. Bankining ishlab chiqarish sexi zarar ko‘rmagan. Yong‘inni bartaraf etish uchun 59 nafar o‘t o‘chiruvchi safarbar qilingan, biroq operatsiya cho‘qqisida ularning soni 70 nafarga yetgan. O‘t o‘chiruvchilar 24 ta qurilma, jumladan, ikkita narvon bilan jihozlangan. 

Soat taxminan 10:00 da boshlangan yong‘in soat 11:50 da o‘chirilgan. 34 kishi yengil tan jarohati (ayniqsa tutun tufayli noqulay) olgan, 4 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Ular orasida ikki nafar o‘t o‘chiruvchi ham bor. 

Holat bo‘yicha tergov boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing