Fransiyada o‘zbek allomasining haykali qad ko‘taradi
Olam
−
24 fevral 2020
4828O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev Ryuey-Malmezon shahri meri va Buyuk Parij metropolisi prezidenti Patrik Ole bilan uchrashdi. Bu haqida “Dunyo” Axborot agentligi xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, muloqot chog‘ida Buxoro – Ryuey-Malmezon birodarlashgan shaharlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari misolida O‘zbekiston – Fransiya hamkorligining joriy holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Fransiya vakillari muntazam asosda rasmiy delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilib, madaniy-gumanitar va turizm sohasida qo‘shma tadbirlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, Ryuey-Malmezon shahrida Abu Ali ibn Sino haykali qad ko‘tarishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, shaharda “O‘zbekiston bog‘i” ham ochilishi ko‘zda tutilgan.
“Uchrashuv yakunida Ryuey-Malmezonda tashkil etiladigan O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonlik ijodiy jamoalar ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi