Fransiyada umummilliy karantin joriy qilinadi
Olam
−
01 aprel 2021
3243Joriy yilning 3 aprelidan boshlab karantin choralari Fransiyaning barcha hududlariga tatbiq etiladi, ular ilgari faqat 19 ta hududdagina amalda bo‘lgan. Bu haqda “Le Monde” nashri xabar bermoqda.
Karantin choralarining muddati to‘rt hafta etib belgilangan.
Barcha hududlarda soat 19:00dan boshlab komendantlik soati joriy etiladi. Barcha xodimlar masofadan ishlashga o‘tmoqda.
Bolalar bog‘chalari, maktab va kollejlar uch hafta davomida ishlamaydi. Universitet talabalari haftasiga bir kun ta’lim muassasalarida bo‘lishlari mumkin.
Izolyatsiya joyidan 10 km uzoqlikda hech qanday sababsiz sayohat qilish taqiqlanadi. Fransiyaliklar bir mintaqadan boshqasiga faqat Pasxa bayramlarida ko‘chib o‘tishi mumkin.
Prezident Makronning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralari asta-sekin yozgacha olib tashlanadi.
Fransiya Prezidenti karantin choralarining kuchaytirilishini koronavirus bilan kasallanish darajasi va koronavirusning “britancha” shtammi faol tarqalishi bilan bog‘ladi.
LiveBarchasi