Fransiyada Prezidentlik saylovlari boshlandi. Asosiy raqiblar Le Pen va Makron

Olam

image

Bugun, 10 aprel kuni Fransiyada Prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Saylovning birinchi bosqichida 48,7 million saylovchi ovoz berishi kerak. Bu haqda “Meduza” nashri xabar bermoqda. 

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da (Toshkent  vaqti bilan 11:00) ochildi, ularning aksariyati 19:00 da (Toshkent vaqti bilan 22:00) yopiladi. Biroq Parij, Lill, Bordo va Tuluza shaharlarida saylovchilar soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)gacha ovoz berishlari mumkin. Xorijdagi fransuzlar uchun ovoz berish kecha, 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan.

Saylovning birinchi bosqichida jami 12 nafar nomzod ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichda faqat uchtasi – “Milliy assotsiatsiya” yetakchisi Marin Le Pen, “Bo‘ysundirilmagan Fransiya” rahbari Jan-Lyuk Melanshon va mamlakatning amaldagi prezidenti Emmanuyel Makron qatnashishi kutilmoqda. Saylovoldi so‘rovlarga ko‘ra, 2017 yilgi saylovlardagi kabi asosiy kurash Makron va Le Pen o‘rtasida kechadi.

Qo‘shma Shtatlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga avval xayrixoh bo‘lgan Le Pen g‘alaba qozonsa, Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun koalitsiyadan chiqishi mumkinligidan xavotirda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

478

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing