Fransiyada masjidlar ustidan nazorat kuchaytiriladi

Olam

image

Fransiya Hukumati radikalizmni yo‘q qilish maqsadida masjidlar va diniy maktablar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaror qildi. Tegishli qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish bugun, 16 fevral kuni mamlakat parlamentining quyi palatasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hujjat ko‘pxotinlilik va majburiy nikohga qarshi kurashishga qaratilgan. Qonun loyihasi parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda, u yerda Prezident Emmanuel Makronning markazchi partiyasi ko‘pchilikni tashkil qiladi. Hujjat konservatorlar hukmronlik qiladigan Senatda qarshiliklarga duch kelishi ehtimoldan yiroq emas.

Ushbu qonun loyihasi mamlakatda yashovchi musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ularning fikriga ko‘ra, ushbu hujjat din erkinligini cheklaydi va Fransiyada allaqachon terrorizmga qarshi kurashish uchun yetarli qonunlar mavjud. Shuningdek, qonun loyihasiga qarshi chiqqanlar, ushbu qarorni Makronning kelasi yilgi prezidentlik saylovlari oldidan konservativ va o‘ta o‘ng saylovchilar orasida siyosiy ochko to‘plashga urinishi, deb atadi.

2020 yil oktyabr oyida Makron Parijda o‘qituvchi Samuel Patining o‘ldirilishidan keyin mamlakatda radikal islomchilarga qarshi kurashni kuchaytirishga va’da bergandi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat radikal islomizm g‘oyalarini tarqatadigan va Fransiya tamoyillarini buzadigan uyushmalarga qarshi aniq choralar ko‘rdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing