Makron Putin bilan suhbatda “Tolibon”dan nima kutayotganini aytdi

Olam

image

Bugun, 20 avgust kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari bir qator siyosiy mavzularni jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan. Muloqot vaqtida Makron “Tolibon” giyohvandlik va qurol savdosini to‘xtatishi kerakligini aytgan. 

Prezidentlar Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha fikr almashar ekan, Makron “Tolibon” harakati birinchi navbatda, giyohvandlik va qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurashishi, xalqaro terrorchilik harakatlari bilan aloqalarni to‘xtatishi hamda ayollar huquqlarini himoya qilishi kerakligini bildirgan.

Shuningdek, Makron Putinni Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyni ozod etishga ham chaqirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy o‘tgan yilning 20 avgustida Rossiyaning Tomsk shahrida zaharlanganidan so‘ng, Germaniyada 4 oy davolanib, joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytdi va darhol hibsga olindi.

Keyinroq “Iv Roshe” ishi bo‘yicha sud qilingan muxolifatchi 3,5 yilga qamaldi. O‘lishiga bir baxya qolgan Navalniyning o‘zi bir qator intervyu va chiqishlarida joniga suiqasd qilinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putinni ayblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

718

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing