Fransiya va Ispaniyada 100 minglab aholi namoyishga chiqdi

Olam

image

Bugun, 1 may kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Respublika maydonida an’anaviy 1 may namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Norozilik harakatlari mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da boshlangan. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda

Xabarga ko‘ra, mitingda kasaba uyushmasi, yoshlar tashkiloti, sotsialistik va kommunistik partiya vakillari, shuningdek, “biz hali ham shu yerdamiz!” degan chaqiriq bilan “sariq jiletlilar” harakatining tarafdorlari ishtirok etmoqda.

Namoyishga, shuningdek, avtobus bekatlari va banklarning oynalarini sindira boshlagan radikal “Black block” bezorilar guruhi qo‘shilgan.

Mahalliy telekanalga ko‘ra, besh mingga yaqin politsiya xodimi vaziyatni kuzatib, nazorat qilmoqda.

Mamlakat Ichki ishlar vaziri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mitingda 100 mingga yaqin aholi qatnashmoqda. Qoidabuzar namoyishchilarning, allaqachon, 34 nafari hibsga olingan.  

Ma’lumot uchun, 1 may Xalqaro ishchilar birdamligi kuni hisoblanadi. Bu shunchaki jamiyatning qaysidir qatlamiga bag‘ishlangan bayram emas, balki ishchilar guruhi ushbu kunda miting va norzilik harakatlari orqali o‘z haq-huquqlarini talab qiladi. 

Ushbu kunning paydo bo‘lishi tarixida ham shunday omillar yotadi. 1 may bayrami zamonaviy ko‘rinishida XIX asrning o‘rtalarida sakkiz soatlik ish kunini talab qilgan ishchilar harakati natijasida paydo bo‘lgan.

Bugun nafaqat Fransiya balki Ispaniyada ham Xalqaro ishchilar birdamligi kuniga bag‘ishlangan namoyishlar bo‘lmoqda

Madridning markazida o‘tayotgan aksiyada 100 mingdan ortiq aholi qatnashmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, ushbu miting mamlakatdagi ikki yirik kasaba uyushmalari – Ishchi komissiyalar va Ishchilar umumiy ittifoqi tomonidan uyushtirilgan.

Namoyishda kasaba uyushmalarining ramzlaridan tashqari Ikkinchi Ispaniya Respublikasining bayroqlari va mamlakat so‘llar harakatiga doimo hamroh bo‘lgan sovet ramzlari bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

365

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing