Fransiya uyg‘urlar genotsidi uchun Xitoydan “o‘ch olmoqchi”

Olam

image

Fransiyada Parlament muxolifat partiya ilgari surgan taklifni qo‘llab-quvvatlab, Xitoyni mamlakatdagi ozchilik hisoblangan uyg‘urlarning genotsidi va inson huquqlarining toptalishini to‘xtatishga chaqiruvchi hujjatni qabul qildi. 

Sotsialistik partiya tomonidan ilgari surilgan taklif bir necha boshqa partiyalar qo‘llovi ostida 169 ta ovoz to‘plagan. 

Yaqin kunlarda boshlanish arafasida turgan qishki olimpiya o‘yinlari oldidan Fransiya hukumati Pekindan nafaqat Xitoydagi uyg‘ur ozchiligini kamsitish, balki Yevropa, hususan, Fransiyadagi uyg‘ur millatiga mansub shaxslarga nisbatan tazyiq o‘tkazmaslikni talab qilgan. 

Bundan tashqari, Xitoy hukumatidan olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalanmaslik so‘ralgan. 

Parlamentdan farqli o‘laroq, 2021 yil dekabr oyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Xitoyda bo‘lib o‘tadigan qishki olimpiya o‘yinlarini siyosiylashtirmaslikni taklif qilgan edi. 

BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining bildirishicha, hozirda Xitoyning g‘arbiy hududida joylashgan Shinjondagi qayta tarbiyalov lagerlarida kamida 1 milliondan ortiq uyg‘ur millatiga mansub mahbuslar saqlanmoqda.

Anchadan buyon taniqli G‘arb siyosatchilari va inson huquqlari faollari Xitoy ushbu lagerlarda uyg‘urlaning genotsidi va ularni sterillash bilan shug‘ullanib kelayotgani haqida bong urmoqda. 

Ammo, Xitoy mamlakatda inson huquqlarining poymol qilinishi bilan bog‘liq barcha ayblovlarni rad etib keladi. Unga ko‘ra, Shinjondagi lagerlar ekstremizmga qarshi kurashish va to‘g‘ri yo‘ldan adashgan shaxslarni qayta tarbiyalashga mo‘ljallangan. 

Bundan avval, 2021 yil fevral oyida Xitoyda uyg‘urlar genotsidiga qarshi Niderlandiya Parlamenti ham huddi shunday hujjatni qabul qilgan edi. 

O‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni inkor qilib keluvchi Xitoy, tabiiyki, bunga qarshi bayonot bilan chiqqan. Xitoyning Gaagadagi (Niderlandiya g‘arbidagi shahar) elchixonasi ayblovlarni “to‘g‘ridan-to‘g‘ri yolg‘on” deya atab, Niderlandiya hukumatini Xitoy ichki ishlariga aralashishda ayblagan.
 
Qator G‘arb davlatlari kabi AQSH, Britaniya va Avstrvliya ham Xitoydagi inson huquqlarining muntazam va ashaddiy ravishda poymol qilinishiga qarshi namoyish sifatida, 2022 yilgi Pekin qishki olimpiya o‘yinlariga boykot e’lon qilib, unda qatnashmasliklarini bildirgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing