Fransiya Ukrainaga Crotale havo mudofaa tizimlarini topshirdi

Olam

image

Fransiya Ukraina Qurolli kuchlariga Crotale zenit-raketa komplekslarini topshirdi. Bu haqda “Strana” nashri o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, Fransiya Qurolli kuchlari vaziri Sebastyan Lekornyu  “Le Journal du Dimanche” nashriga bergan intervyusida Crotale havo hujumidan mudofaa tizimini Ukrainaga topshirilishini ma’lum qilgan.

Lekornyu intervyusida Parij allaqachon Kiyevga 18 ta “Caesar” o‘ziyurar artilleriya moslamalarini, shuningdek Milan va Mistral raketalarini, 60 ga yaqin VAB zirhli transport vositalarini, HDP-2A2 tankka qarshi minalarni, yadroviy holatda himoya vositalari, biologik yoki kimyoviy tahdidlarga qarshi qurollar, so‘nggi tungi ko‘rish asboblari topshirganini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining radar stansiyalari uchun so‘rovi hali ham ko‘rib chiqilmoqda.

Crotale — bu o‘rta, past va o‘ta past balandliklar oralig‘idagi havo nishonlariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan qisqa masofali barcha ob-havoga mo‘ljallangan zenit-raketa tizimi.


Maqola muallifi

Teglar

Crotale

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar