Fransiya “Tolibon” hukumatini tan olmaydi. Parij harakatni yolg‘onchilikda aybladi

Olam

image

Fransiya “Tolibon” harakatining Afg‘onistonda tuzgan yangi hukumatini tan olmaydi va ular bilan hech qanday aloqa qilmaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian ma’lum qildi.

“Fransiya bu hukumatni tan olishni yoki ular bilan biror aloqada bo‘lishni rad etadi. Biz ulardan harakat kutamiz. Biz bir qator shart qo‘ydik”, degan Le Drian “France 5” telekanali efirida.

Uning ta’kidlashicha, shartlar orasida mamlakatdan chiqib ketishni istagan har bir kishiga ruxsat berish, “Tolibon” nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini yaratish, ayollar huquqlarini hurmat qilish va “Al-Qoida” bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish bo‘lgan.

“Ular bir necha marta chet elliklar va afg‘onlarning mamlakatdan hech qanday to‘siqsiz chiqib ketishiga ruxsat berishini hamda inklyuziv va vakillik hukumati tuzilishini aytishdi. Ammo ular yolg‘on gapirishyapti. Natija yo‘q”, degan vazir.

Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilining 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.

PrezidentAshraf G‘ani boshliq AQSH etovidagi hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi. Hozirda Afg‘onistonda "Tolibon" bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashmoqda. Toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib borishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing