Fransiya sayyohlar tashrifi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Olam

image

Fransiya 2018 yilda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan mamlakatga aylangandi. O‘tgan yili ushbu mamlakatga 89,4 million xorijliklar tashrif buyurib, bu borada jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda bugun mamlakat Turizm qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Hukumat xabarida ta’kidlanishicha, “2018 yilgi natijalarga ko‘ra, Fransiya xorijiy sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagan. 

Shu bilan birga, xorijliklar oqimi 2017 yilga nisbatan 3 foiz, turizm maqsadlarida  kelgan sayyohlar soni 5 foizga oshib, mamlakatga 56 milliard yevro daromad keltirgan.

Fransiya huqumati 2019 yilda mamlakatga keladigan sayyohlar sonini 100 millonga yetkazmoqchi. Mamlakat Turizm qo‘mitasining xabariga ko‘ra, sayyohlarning aksariyati Eyfel minorasini ko‘rishga keladi. Shuningdek, Luvr muzeyi va 2019 yil aprelida yonib ketgan Notr-Dam de Pari ibodatxonasi ham sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan turizm ob’ekti hisolanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing