Fransiya Rossiya gazining narxini pasaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

Agar Yevrokomissiya Rossiya gazining narxini cheklashni taklif qilsa, Fransiya bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Fransiya Energetika vaziri Anes Pane-Ryunashe Bryusselda Yevropa Ittifoqi Energetika vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Agar Yevrokomissiya shunday taklif bilan chiqsa, biz Rossiya gazi uchun narx chegarasini belgilashni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi vazir.

Yig‘ilish davomida YeI Yevropadagi energetika inqiroziga qarshi kurash bo‘yicha beshta shoshilinch chora-tadbirlarni taqdim etishi kutilmoqda. Ulardan biri “Gazprom” uchun har ming kub metr gaz uchun 520 dollar darajasida narx chegarasining joriy etilishi bo‘lishi mumkin.

Pane-Ryunashening eslatishicha, Yevropadagi gaz omborlari allaqachon 80 foizdan ko‘proqqa to‘ldirilgan, Fransiyada esa bu ko‘rsatkich undan ham yuqori — 90 foizdan oshgan. Taxminlarga ko‘ra, 1 noyabrga qadar omborlarda bo‘sh joy qolmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, oxirgi haftada Yevropa birjalarida gaz narxi pasayib bormoqda. 9 sentyabr holatiga ko‘ra, ISE birjasida oktyabr fyucherslari ming kub metr uchun 2200 dollarga tushgan. Rossiya tomonidan quvurlar orqali yetkazib beriladigan gazning narxi birja kotirovkalariga bog‘liq emas, uning aniq miqdori oshkor etilmagan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing