Fransiya Prezidenti Makron gol urdi (video)
Olam
−
15 Oktabr 2021
8400Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron kecha, 14 oktyabr kuni Puassi kommunasida o‘tkazilgan xayriya futbol o‘yinida penaltidan gol urdi. O‘yin «Varete» futbol klubining 50 yilligi sharafiga tashkil etilgan .
3-raqam ostida maydonga tushgan Makron jamoasida, shuningdek Angliyaning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger, Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchilari Kristian Karambe va Marsel Desayi ham to‘p surdi. Ularga Parijdan 30 km uzoqlikda joylashgan Puassi shifoxonasining tibbiy xodimlari jamoasi qarshilik ko‘rsatdi. Uchrashuvning birinchi daqiqalarida Makron tomonidan kiritilgan gol muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Uchrashuvdan yig‘ilgan mablag‘ Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makron boshchiligidagi Parij shifoxonalari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Ushbu tashkilot bolalar shifoxonalariga yordam beradi.
43 yoshli Fransiya yetakchisi yoshligidan futbolga mehr qo‘ygan. Talabalik yillarida Makron hujumda Strasburgdagi Milliy boshqaruv maktabi jamoasida o‘ynagan. 2018 yili Jahon chempionati paytida Fransiya Prezidenti mamlakat terma jamoasining o‘yinlarini ko‘rish uchun Sankt-Peterburg va Moskvaga borgan.
Ma’lumot uchun, «Varete» futbol klubi 1971 yilda tashkil etilgan. Ushbu jamoa tarkibida Monako shahzodasi Alber II va san’at olamining bir qator mashhurlari to‘p surgan.
LiveBarchasi