Fransiya Prezidenti Adminstratsiyasi “rahbari” qo‘lga olindi

Olam

image

Bugun, 23 yanvar kuni Isroilning Netanya shahrida yashovchi fuqaro firibgarlikda gumonlanib, mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olindi. U o‘zini Yelisey saroyi bosh kotibi qilib ko‘rsatishda aybangan. Bu haqda Isroildagi mahalliy “Yedioth Ahronoth” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil politsiyasi gumonlanuvchini fransiyalik hamkasblari so‘rovi asosida qo‘lga olgan. Tergov taxminan ikki oy oldin Fransiya hukumati o‘zini Fransiya prezidenti idorasi rahbari deb tanishtirgan isroillik fuqaro haqida ma’lumot olganidan keyin boshlangan. Bundan tashqari, erkak bir qator Yevropa davlatlarining elchilari bilan telefon orqali bog‘lanib, shaxsiy manfaatini ko‘zlab ularni chalg‘itishga uringan. 

Bugun ertalab Isroil politsiyasi gumonlanuvchini poytaxt Tel-Avivdan 30 km uzoqlikda joylashgan Netanya shahridan topishgan. U Netanyaning 40 yoshli fuqarosi bo‘lib chiqqan. Uning uyini tintuv qilish chog‘ida soxta muhrlar, shu jumladan, Monako knyazligi davlat organlari shtamplarining nusxalari topilgan. 

Ma’lumot uchun, Yelisey saroyining bosh kotibi Fransiya Prezidenti devonining rahbari bo‘lib, davlat rahbarining maslahatchilari guruhini boshqaradi. Uning vazifalariga, xususan, prezident maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kiradi. Lavozim birinchi marta 1849 yilda Ikkinchi Respublika davrida yaratilgan va hozirda bu lavozimda Aleksis Kohler (2017 yildan beri) ishlab kelmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing