Fransiya matbuoti Messiga bosim qilmoqda
Sport
−
01 mart 2022
4559Argentinalik futbolchi Lioneli Messi 2000 – 2021 yillarda Ispaniyaning “Barselona” jamoasi sharafini himoya qildi. Biroq o‘tgan yozda, kutilmaganda katalon klubi bilan shartnomasini uzaytirish imkonsiz bo‘lib qolgach, argentinalik Fransiyaning PSJ jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
Messining Parijga ko‘chib o‘tishi unchalik omadli chiqmadi. Buning ustiga, matbuot ham unga nisbatan bosimni kundan-kunga oshirmoqda. Hujumchi bu bosimga dosh berishga qiynalmoqda. So‘nggi oylarda mashhur fransuz nashrlari muntazam ravishda PSJ futbolchisiga uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, eng past ballarni berib kelmoqda.
34 yoshli hujumchining reyting ballari hatto Parij jamoasining kiyinish xonasida ham muhokama qilina boshladi. Messi klub rahbarlariga OAVning bunday munosabati o‘zi uchun hayratlanarli ekanini tushuntirishga harakat qilmoqda. Bu haqda “El Chiringuito” xabar bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Lionel Messi joriy mavsumda barcha musobaqalar doiraisda PSJ uchun 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi