Fransiya AQSHga ikkinchi Ozodlik haykalini yuboradi

Olam

image

Fransiya AQSH bilan do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash uchun Vashingtonga yana bitta Ozodlik haykalini yubormoqda. Bu haqda “Le Journal du Dimanche” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Fransiyadan 7 iyun kuni jo‘natiladigan ushbu haykal 4 iyul – AQSHning Mustaqillik kunida , Nyu-Yorkga yetib boradi. U “Tosca” konteyner kemasida yetkazib beriladi. Avvaliga, u Ellis orolidagi Immigratsiya davlat muzeyiga joylashtiriladi va keyin Vashingtonga boradi.

Shundan so‘ng, yangi yodgorlik Vashingtondagi Fransiya elchixonasi bog‘ida o‘rnatiladi va u yerda o‘n yil davomida turadi. 

Yangi haykal avvalgisiga qaraganda sezilarli darajada kichik. Uning balandligi atigi 2,83 metrga yetadi.

Rasmiy Parijning 135 yil avvalgi ramziy ishorani takrorlab, Ozodlik haykalini sovg‘a qilishdan maqsadi, Fransiya va Amerika do‘stligini mustahkamlashdir.

Xabarga ko‘ra, Shtatlarga yana bir Ozodlik haykalini yuborish g‘oyasi 2019 yil iyul oyida, Fransiyaning AQSHdagi amaldagi elchisi Filipp Etiyen va Milliy San’at va hunarmandchilik konservatoriyasining bosh ma’muri Olive Baronning uchrashuvidan kelib chiqqan. 

Fransiya, Qo‘shma Shtatlarga hali ham “do‘stlik ruhiga sodiqligini” ko‘rsatishga qaror qilgan. Biroq, loyiha COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirilgan va qishda yana qayta boshlangan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh-Frantsiya

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar