Fransuz avtomobillari “UzChasys” o‘zbek faralari bilan jihozlanadi

Biznes

image

Ta’kidlash joizki, 2021 yil davomida kompaniya umumiy daromadlarining qariyb uchdan bir qismi eksportga to‘g‘ri kelgan, bu esa qariyb 8,5 million dollarni tashkil etadi.

“UzChasys” MCHJ QK – Markaziy Osiyodagi avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona hisoblanadi. U Uzauto Motors (O‘zbekiston), Renault-Avtovaz (Rossiya) va PCMA Rus (Rossiya) konveyerlariga mahsulot yetkazib beradi. Korxona Chevrolet, Lada, Niva va Peugeot brendlari uchun faralar ishlab chiqaradi.

Korxona 2009 yilda Namangan viloyatida tashkil etilgan. Bugungi kun bo‘yicha xodimlar soni 638 kishini tashkil etadi.

Stellantis – 2021 yilda Fiat Chrysler Automobiles PSA Group'ning birlashishi natijasida yaratilgan global xolding kompaniyasi hisoblanadi. U Fiat, Chrysler, Peugeot, Citroen, Opel, Jeep, Maserati, Alfa Romeo va boshqa bir qancha brendlarga egalik qiladi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing