Foydasiga adashgan sotuvchi yoxud Moskvaga uchamiz
Olam
−
11 may 2019
5386Joriy yilning 16 aprel kuni tuman kattaqo‘rg‘onlik Holida Saidova turmush o‘rtog‘i Sanjar Rashidov bilan birga Moskva shahriga borish maqsadida aviakassaga borishadi.
Payshanba shaharchasi “Do‘stlik” mahallasi Amir Temur ko‘chasidagi “Sagdiana ishonch avia” MCHJga qarashli aviakassa sotuvchisi Gavhar Abdullayeva X.Saidova va uning turmush o‘rtog‘iga “O‘zbekistondan Moskva shahriga uchuvchi reys uchun” deb har biriga 1 650 000 so‘mdan, jami 3 300 000 so‘mlik aviachipta tutqazgan.
Er-xotin aslida O‘zbekistondan Moskvaga emas, Chimkentdan Moskvaga uchadigan biletni sotib olishganligini imzo chekib bo‘lishganidan so‘ng anglaydi. Bu haqda Gavhar Abdullayevaga aytganda buning hozir iloji yo‘qligi, keyinroq biror narsa qilishni aytib er-xotinlarni jo‘natib yuboradi.
Bir necha kun sarson bo‘lgan Saidovlar oilasi Kattaqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishgan. Jamiyat xodimlari holatni o‘rganganida Gavhar Abdullayeva ko‘ra-bila turib, bu ishga qo‘l urgani, agar xohlasa fuqarolarga ortiqcha to‘langan 200 ming so‘mni qaytarib berishini bildiradi.
Undan iste’molchiga aviachipta uchun qabul qilingan naqd pullarning bir marotabalik cheki so‘ralganda iste’molchiga bermaganligi, endi ham imkoni yo‘qligini aytadi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar jamiyat xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, tuman adliya bo‘limiga bildirishnoma kiritilgan. Endi sotuvchi qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
LiveBarchasi