Talabalar diqqatiga! Kontraktni to‘lash 20 martgacha uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati joriy yilning 20 martiga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati uzaytirildi. 

Unga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilida:

•    OTMlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar;

•    o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar;

•    xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020 yil 20 mart (shu kuni ham kiradi) etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil uchun davlat dasturiga binoan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing