Fotofakt: O‘zbekistondagi telekanallarda ayol boshlovchilarning ro‘mol o‘rab chiqishiga ruxsat berilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston telekanallarida ayol teleboshlovchilarning ro‘mol o‘rab chiqishiga endi taqiq qo‘yilmayapti. QALAMPIR.UZ manbasining xabar qilishicha, “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Azizim” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Umida Usmonova kecha, 2 aprel kuni soat 23:00 da namoyish etilgan ko‘rsatuvida ro‘molda ko‘rinish bergan.

Umida Usmonova bir necha yillardan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritadi. U faoliyati davomida ilk bor ro‘molda efirga chiqmoqda. Bugungacha, birinchi raqamli telekanal sifatida ko‘rib kelingan “O‘zbekiston” teleradiokanalida nafaqat boshlovchilarning ro‘molda chiqishi, balki tadbir va marosimlarda ro‘molda o‘tirgan ayollarning ko‘rsatilishi ham amri mahol edi. 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lgandan keyin ko‘p sohalar qatorida OAVda ham qator islohotlar amalga oshirildiki, buning natijasida bugun jurnalistlar kun sayin erkin bo‘lib bormoqda. Avvallari jurnalistlarning efirga ro‘mol bilan chiqishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqargan bo‘lsa, bugun bu efirda oddiy qabul qilinayotgani so‘zimizning isbotidir. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Ro'mol O'zbekiston teleradiokanali Umida Usmonova

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing