Hukumatda yangi tashkil etilgan departamentga mudir tayinlandi
Jamiyat
−
12 noyabr 2019
11462O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir tayinlandi. Endilikda Abdug‘affor Karimjonovich Qirgizboyev yang tashkil etilgan Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida faoliyat yuritadi.
Ushbu departament O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son Farmoniga asosan tashkil etilgan.
Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish Departamentning asosiy vazifalaridan sanaladi.
Abdug‘affor Qirg‘izboyev shu paytgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati edi.
U 1962 yilning 10 avgustida Namangani viloyatida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1985 yilda Toshkent davlat pedogogika institutini tugatgan. Tarix fanlari doktori, dotsent.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr