Foto: 2020 yilda kulgan va yig‘lagan siyosatchilar
Bu qiziq
−
04 yanvar 2021
9194O‘tgan 2020 yilda siyosatchilar turli xil masalalar bo‘yicha ko‘plab uchrashuvlar, shuningdek, pandemiya bo‘yicha shoshilinch majlislar o‘tkazdi. Ushbu daqiqalarda ularning ba’zilari xavotirga tushdi, xafa bo‘ldi va ba’zida xursand bo‘lishga vaqt topdi.
Donald Trampni kim xafa qildi? Putin va Erdo‘g‘an nimadan xursand? Boris Jonson nimani payqamay qoldi? Quyida siyosatchilarning 2020 yildagi hissiyotlari bilan bo‘lishamiz.
Prezident Donald Tramp faxriylar kuni noma’lum askar maqbarasini ziyorat qildi. Arlington milliy qabristoni, Virjiniya, AQSH. 11 noyabr.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Turk oqimi” gaz quvurini ishga tushirish marosimida. Istanbul, Turkiya. 8 yanvar.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ikkinchi Jahon urushi tugaganiga bag‘ishlangan tantanali marosim paytida. Parij, Fransiya. 8 may.
Demokratlar partiyasidan Prezidentlikka nomzod Jo Bayden AQSHning Ayova shtatidagi Uolki shahrida so‘zlagan nutqidan so‘ng. 30 yanvar.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Prezidentlik saylovlaridan keyin boshlangan norozilik namoyishi ishtirokchilari oldiga avtomat ko‘tarib keldi. 24 avgust.
Belarusda muxolifat partiyadan Prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya saylovdan keyingi matbuot anjumanida. Minsk, Belarus. 10 avgust.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe (o‘ngda) Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon (chapda) bilan. Ar-Riyod. 12 yanvar.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson onlayn brifingda koronavirus sababli yangi cheklov choralari kirtilgani to‘g‘risidagi e’londan keyin. London. 12 oktyabr.
Germaniya kansleri Angela Merkel Hukumatning haftalik yig‘ilishida. Berlin. 22 yanvar.
Britaniyalik yevroseptiklar yetakchisi Nayjel Faraj, Bryusseldagi Yevropa parlamentida so‘zlagan nutqidan so‘ng. 29 yanvar.
Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaro Korrupsiyaga qarshi kurash forumining ochilish marosimida. 9 dekabr.
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kimva okrugidagi qurilish maydonchasini tekshirmoqda. 1 oktyabr.
AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr (oldingi o‘rinda) va Davlat kotibi Mayk Pompeo Prezident Donald Tramp ishtirokidagi Hukumat yig‘ilishidan oldin. Vashington. 19 may.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumida. Toshkent. 26 dekabr.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Krut Qahramonlarini xotirlash kunidagi marosimda. Kiyev. 29 yanvar.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin. Olma-ota. 31 yanvar. Qozog‘istonda Yevroosiyo Hukumatlararo kengashining yig‘ilishida.
Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Ottava shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. 24 aprel.
Demokratlar partiyasidan Prezidentlikka nomzod Berni Sanders Nyu-Xempshir Siyosat Instituti, Sent-Anselm kollejida bo‘lib o‘tgan “Politics & Eggs” forumida (Nyu-Xempshir mintaqaviy biznes rahbarlari uchun Prezidentlikka nomzodlar ishtirokidagi forum). Manchester, Nyu-Xempshir, AQSH. 7 fevral.
Minneapolis meri Jeykob Frey politsiya shafqatsizlarcha hibsga olinganidan keyin vafot etgan Jorj Floydning dafn marosimida. Minneapolis, Minnesota, AQSH. 4 iyun. Floydning o‘limi 25 may kuni AQSH bo‘ylab irqiy kamsitish va politsiya zo‘ravonliklariga qarshi uzoq davom etgan noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning otasi Vova Pashinyanning dafn marosimi. 18 dekabr.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Knesset (parlament) yig‘ilishidan so‘ng. Quddus. 2 dekabr.
LiveBarchasi