Vazir va hokimlarning o‘rinbosarlari soni bittaga ortadi
Jamiyat
−
24 yanvar 2020
9237Hukumat “Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini ishlab chiqishni ikki oyda yakunlashi kerak. O‘zbekiston Prezidenti Oliy Majlisga murojaati davomida yangi Hukumat oldiga shunday vazifa qo‘ydi.
“Raqamli O‘zbekiston — 2030 dasturi ishlab chiqiladi. Raqamlashtirish, axborot texnologiyalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi, har bir vazirlik va idoralarda, hamda hokimliklarda rahbar o‘rinbosari lavozimlari joriy etiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Davoat rahbari har bir hokim va vazir o‘zi ham axborot texnologiyalarini o‘rganishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Agar o‘rganmasa u o‘z qo‘l ostidagilarga topshiriq ham bera olmay qolishini qo‘shimcha qildi.
“Rahbarlarning dunyo qarashi o‘zgarishi kerak. Ertaga bunday ishlab bo‘lmaydi. Bu qog‘ozbozlik bizni yaxshilikka olib kelmaydi. Xarajat, vaqt bekorga ketyapti. Mana shuni, bugungi rahbarlar, shahar, tuman mutasaddilari bilishi kerak. Bugun bilmasangiz uyat emas. 2-3 oylik kurs tashkil qilib o‘rganib olsak, ertaga zamonga munosib bo‘lamiz. O‘rgana olmasak, kech bo‘ladi. Bu jarayonga siz ta’sir o‘tkaza olmaysizlar”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi