“Forish”da nima bo‘lyapti?

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 avgust kuni Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” tog‘ poligonida V Xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Unda ishtirok etish uchun 10 ta xorijiy mamlakatdan harbiylar O‘zbekistonga keldi. 

Jamoalar xalqaro tanlov doirasida erkak va ayol harbiy xizmatchilar individual mahoratlarini AK-74 avtomati va PM pistoletidan otish, TAYFUN-K harbiy texnikasi orqali to‘siqli yo‘llarni yengib o‘tish, tibbiy xizmat harbiylarining majmuaviy mashg‘ulotlari (to‘siqli yo‘lak va shaxsiy mahorat) hamda maxsus harbiy texnikani haydash mahorati shartlari bo‘yicha tayyorgarlik mashg‘ulotlarida namoyish etdi.

Jahonning turli mintaqalaridan kelgan mehmonlar amaliy tajribalariga ishonch hosil qilibgina qolmay, O‘zbekiston iqlimiga moslashmoqda.

“Qardosh o‘zbek xalqining naqadar tantiligi, mehmondo‘stligiga yana bir bor amin bo‘ldik. Buning uchun men, o‘zbek xalqiga Ozarbayjon xalqi nomidan rahmat aytaman. Kayfiyatimiz a’lo darajada... Ayni damda otish tayyorgarligi mashqlarini bajaryapmiz. Yuz va ellik metr uzoqlikda joylashgan nishonni yakson qilish tajribali merganlarga murakkablik tug‘dirmadi”, deydi ozarbayjonlik tibbiy xizmat katta leytenanti Guntekin Mamedzoda.


Maqola muallifi

Teglar

Forish tog' poligoni Harbiy-tibbiy estafeta

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar