Ford va Renault Xitoy brendlariga raqib bo‘lish uchun birlashdi

Olam

image

Amerika giganti Ford va Fransiyaning Renault kompaniyalari kuchayib borayotgan Xitoy elektromobillari raqobatiga qarshi kurashish uchun yirik hamkorlikni e’lon qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, kompaniyalar Yevropa bozori uchun arzon, o‘ta raqobatbardosh yangi avlod elektr avtomobillarini birgalikda ishlab chiqarish uchun birlashmoqda. Ford bosh direktori Jim Farli Xitoyga qarshi ushbu birlashuvni “hayot uchun kurash” deb atagan. Ayniqsa, Yevropada Xitoyning BYD, Xpeng kabi brendlarining “tahdidi” kuchli ekanini ta’kidlagan. Hamkorlik doirasida ishlab chiqariladigan ikki kichik, arzon Ford brendli elektromashinaning birinchi modeli 2028 yilda Yevropa bozoriga kirib boradi. U Renault’ning Fransiyadagi zavodida ishlab chiqariladi.

Renault rahbari Fransua Provost esa Xitoy kompaniyalari juda tez bozorni egallayotganini inobatga olib, kutishni istamasligini ma’lum qilgan. Rasmiylar bu shunchaki hamkorlik ekanini va ikki kompaniya qo‘shilishni rejalashtirmayotganini tasdiqlagan. Ford bu harakat bilan Yevropada yo‘qotgan bozor ulushini (2019 yildagi 6,1 foizdan 3,3 foizga tushgan) tiklashni maqsad qilgan. Renault esa bu orqali ishlab chiqarish ko‘lamini oshirib, xarajatlarni kamaytirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Xitoyning yetakchi robot ishlab chiqaruvchilaridan biri – UBTech Robotics kompaniyasi Xitoy va Vetnam o‘rtasidagi chegara punktlariga o‘z robotlarini joylashtirgandi.

Nigora Maxammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing