“Forbes” reytingida o‘zgarish: Bezos birinchilikni boy berdi, Usmonovda ham pasayish bo‘ldi
Jamiyat
−
31 iyul 2021
12730Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Forbes”ning dunyo boylari reytingida 18,4 milliard dollar boylik bilan 103-o‘rinni (avval 97-o‘rinda edi) egalladi.
2020 yilda uning boyligi 13,4 milliard dollarni tashkil etgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, USM Holdings asoschisi va asosiy aksiyadorining boyligi 2012 yil martidan buyon ilk bor bunday keskin ko‘paygan.
Alisher Usmonov 2000 yildan 2014 yilgacha “Gazprom” davlat konglomeratining sho‘ba korxonasi – “Gazprom Investholding”ni boshqargan. Bundan tashqari, milliarder 2006 yilda o‘zining san’at, fan va sport xayriya tashkilotiga asos solgan.
Shuningdek, “Forbes” reytingidan joy olgan Alisher Usmonov Facebookʼning birinchi investorlaridan biri.
Ma’lumot o‘rnida, “Forbes” reytingida bir necha vaqtdan beri birinchi bo‘lib kelayotgan “Amazon” asoschisi Jeff Bezos o‘rnini yo‘qotdi. U 192,4 mlrd dollar boylik bilan 2- o‘ringa joylashdi.
LVMH rahbari Bernar Arno va uning oilasi 192,9 mlrd dollar bilan reytingda karvonboshilikni qo‘lga olgan. U Louis Vuitton va Sephora kabi 70 ta brend egasi hisoblanadi.
SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask esa 179,4 mlrd boylik bilan 3-o‘rinda turibdi.
4-o‘rin esa 131,6 mlrd boylik bilan Bill Geytsga nasib etgan.
LiveBarchasi