“Forbes” eng qimmat basketbol klublari ro‘yxatini e’lon qildi 

Sport

image

Amerikaning “Forbes” nashri ertaga, 19 oktyabrda boshlanadigan yangi mavsum oldidan “National Basketball Association” (NBA)ning eng qimmat klublarini aniqladi. Ilk marta reytingdagi uchta klubning narxi bir vaqtning o‘zida 5 milliard dollardan ortiqqa baholandi

“Nyu-York Niks” jamoasi reytingda birinchi o‘rinni egalladi. “Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, uning qiymati yil davomida 16 foizga o‘sib, 5,8 milliard dollarni tashkil etgan. Undan keyin o‘rinlarni “Golden Steyt Uorriorz” (5,6 milliard dollar, + 19 foiz) va “Los-Andjeles Leykers” (5,5 milliard dollar, 20 foiz) egallagan.

NBA’ning yana to‘rt klubi 3 milliard dollardan oshiqroqqa baholangan: “Chikago Bulls” (3,65 milliard dollar, + 11 foiz), “Boston Seltiks” (3,55 milliard dollar, + 11 foiz), “Los-Andjeles Klippers” (3,3 milliard dollar) + 20 foiz) va ilgari rossiyalik milliarder Mixail Proxorovga tegishli bo‘lgan “Bruklin Nets” (3,2 milliard dollar, + 21 foiz).

NBA’ning 2020-21 yilgi chempioni “Miluoki Baks” eng qimmat klublar ro‘yxatida 17-o‘rinni (1,9 milliard dollar, + 17 foiz) egallagan. Uning finaldagi raqibi “Feniks Sanz” 18-o‘rinni egalladi (1,8 milliard dollar, + 6 foiz).

2020-21 yilgi mavsumda arenalarni bo‘sh qoldirgan pandemiyaga qaramay, NBA klublarining o‘rtacha qiymati fevral oyida e’lon qilingan “Forbes”ning so‘nggi bahosidan beri 13 foizga oshib, 2,48 milliard dollarga yetgan.

NBA klublari qiymatining ko‘tarilishi nafaqat telekanallar, reklama va sport maydonchalari uchun to‘lovlarga, balki 2025-26 yilgi mavsumda boshlanadigan teleradiokompaniyalar bilan bitimlarning navbatdagi turidagi kutilmalarga ham bog‘liq. Hozirda NBA ABC, ESPN va “Turner Broadcasting” telekompaniyalaridan o‘rtacha 2,66 milliard dollar oladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing