“Forbes” dunyoning eng qimmat klublari reytingini e’lon qildi

Sport

image

Nufuzli “Forbes” jurnali talqiniga ko‘ra, Ispaniyaning “Barselona” klubi dunyoning eng qimmat jamoasi, deb e’tirof etildi. “Ko‘k anorranglilar”ning asosiy raqibi “Real Madrid” esa ikkinchi pog‘onani band etdi.

Ko‘pchilik uchun ajablanarlisi shundaki, ushbu reytingning kuchli uchligiga arab shayxlari egalik qiluvchi PSJ va “Manchester Siti” kiritilmagan. "Barselona" esa moliyaviy inqiroz holatida bo‘lsa ham birichilikni egallagan.

Dunyoning eng qimmat o‘nta klubi bilan tanishing:

1. “Barselona” (Ispaniya) – 4,76 milliard yevro (klubning qiymati);

2. “Real Madrid” (Ispaniya) – 4,75 milliard yevro;

3. “Bavariya” (Germaniya) – 4,21 milliard yevro;

4. “Manchester Yunayted” (Angliya) – 4,2 milliard yevro;

5. “Liverpul” (Angliya) – 4,1 milliard yevro;

6. “Manchester Siti” (Angliya) – 4 milliard yevro;

7. “Chelsi” (Angliya) – 3,2 milliard yevro;

8. “Arsenal” (Angliya)  – 2,8 milliard yevro;

9. PSJ (Fransiya) –  2,5 milliard yevro;

10. “Tottenxem” (Angliya) – 2,3 milliard yevro.

E’tiborlisi, “Forbes”ning reytingiga kiritilgan 10 ta jamoadan oltitasi Angliya Premer ligasi vakillari hisoblanadi. Shuningdek, o‘tgan yillar davomida Italiya futbolining bayroqdori bo‘lgan “Yuventus” eng boylar qatoridan joy egallay olmadi. Bunga “zebralar”ning o‘ta omadsiz mavsumi sabab bo‘lgandir ehtimol.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

eng qimmat klublar

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar