“Forbes” dunyoda yangi milliarder paydo bo‘lganini e’lon qildi
Olam
−
14 yanvar 2021
13690Affirm fintex aksiyalari qiymatining keskin o‘sishi (NASDAQ fond birjasidagi birinchi kun savdolari natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar qiymati deyarli ikki baravarga oshdi) dunyoda yangi milliarder paydo bo‘lishiga olib keldi, deb xabar beradi “Forbes”.
Affirm 12 yanvar kuni NASDAQ’da ommalashdi. Listing tarkibida kompaniya 24,6 million dona aksiyaning har bir aksiyasini 49 dollardan sotdi, natijada uning kapitallashuvi 11,9 milliard dollarni tashkil qildi. 13 yanvar savdolari yakunlariga ko‘ra Affirm aksiyalarining qiymati 97,24 dollarga (98,45 foiz) oshdi va kapitallashuv 23,6 milliard dollargacha ko‘tarildi.
Qayl etilishicha, kotirovkalarning bunday sakrashi natijasida kompaniya asoschilaridan biri, Kiyev shahrida tug‘ilgan, Affirm aksiyalarining 11 foiziga egalik qiluvchi Maks Levchinning boyligi 2,7 milliard dollarga o‘sgan.
Affirm qisqa muddatli iste’mol kreditlari tizimi orqali kechiktirilgan to‘lov bilan onlayn xaridlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
14 yanvar kuni savdolar ochilishidan oldin NASDAQ premarketidagi Affirm aksiyalarining qiymati o‘sishda davom etib, 104 dollarga ko‘tarilgan.
LiveBarchasi