Fond direktori 500 ming tangani olayotganda qo‘lga tushdi

Olam

image

Qozog‘istonning Pavlodar viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi "Pavlodar" korporativ ijtimoiy rivojlanish fondi bosh direktori ustidan sudgacha tergov boshladi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fond rahbari qurilishi tugallanmagan ijtimoiy ob’ektni baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgani uchun tadbirkorlardan 1 million tanga  pora talab qilgan.

U mazkur mablag‘ning yarmini ya’ni 500 ming tangani olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Hozirda fond bosh direktori ushlanib, Pavlodardagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. 

Sudgacha tergov davom etmoqda. Unga nisbatan yakuniy qaror, aybdorlik darajasi aniqlangach, sud tomonidan qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing