Floyd Logan Polni nokautga uchratishi imkonsiz edi — Meyveyzerning amakisi

Sport

image

Professional boksning besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyveyzerning amakisi, og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jeff Meyveyzer jiyanining YouTube blogeri Logan Pol bilan o‘tkazilgan ko‘rgazmali shou jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “The Mirror” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Kichik Meyvezerning so‘zlariga ko‘ra, Floyd Polni nokautga uchratmoqchi bo‘lgan, biroq u hozirda bunga qodir emas.  

“Logan o‘zini ishonchli tarzda ushlab tura oldi va kuchli zarbalarga dosh berishga qodir ekanligini isbotladi. U zarbani o‘tkazib yuborishi bilanoq, darhol himoyalandi. Agar Floyd yoshroq bo‘lganida uni nokautga uchratgan bo‘lar edi”, deya fikrini yakunlagan Jeff.

Ma’lumot uchun, bellashuv joriy yilning iyun oyida o‘tkazildi, ammo yakunda g‘olib aniqlanmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing