FQB: AQSHga hech qaysi davlat Xitoychalik xavf tug‘dirmaydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Hozirgi kunda dunyodagi biron bir davlat AQSHning iqtisodiy xavfsizligi va demokratik g‘oyalariga Xitoychalik tahdid solmaydi. Bu haqda AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) rahbari Kristofer Rey ma’lum qildi.

Kristofer Reyning ta’kidlashicha, AQSH FQBsi har 10 soatda Xitoyga qarshi yangi ish ochib, umumiy 2000 dan ortiq turli xil tergov ishini olib bormoqda.

Foto: Federal qidiruv byurosi rahbari Kristofer Rey

FQB ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy AQSH hududida “Foxhunt” (“Tulkilarni ovlash” – tahr.) nomli operatsiya o‘tkazib, mamlakatda yashovchi etnik xitoyliklarni qo‘rqitish va shantaj qilish uchun “muvofiqlashtirilgan noqonuniy harakatlar” o‘tkazmoqda. 

“Bu [Xitoy] tahdidining qanchalik murakkab va ko‘p qirrali ekanidan dalolatdir”, deydi FQB rahbari.

AQSH Milliy razvedkasining direktori Evril Xeynsga ko‘ra, Xitoyning kiber qobiliyatlari keng. 

“Agar Xitoy ushbu kiber imkoniyatlardan foydalanadigan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda Qo‘shma Shtatlarda hayotiy muhim bo‘lgan infratuzilmaning ishlashida uzilishlar keltirib chiqarishi mumkin”, deydi Evril Xeyns.

Xitoy rasmiylari Amerika vakillarining bu kabi barcha ayblovlarini rad etib, bunday bayonotlar berilishini Vashingtonning Pekinga nisbatan “yashirin niyatlari” bilan izohlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

362

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing