Fizika bo‘yicha test savollari Turkiyadan “uxlatilgan”mi? DTM tilga kirdi
Jamiyat
−
15 avgust 2022
21012Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga o‘qishga kirish uchun fizika fanidan ayrim test topshiriqlari Turkiyadan o‘zgarishsiz ko‘chirib olingani aytilgan va taqqoslangan misollar tarqaldi. Holat Davlat test markazi mutaxassislariga ishonchsizlik va e’tirozlarni keltirib chiqardi.
Ijtimoiy tarmoqlarda va jamoatchilik orasida kun tartibiga chiqqan ushbu holat bo‘yicha Davlat test markazi munosabat bildirib, test savollari ko‘chirilmagani, balki o‘zgartirib olinganini ma’lum qildi.
“Qayd etish kerakki, fizika fanidan keltirilgan test topshiriqlari turk tilidagi test topshiriqlaridan yoki boshqa manbalardan ko‘chirib olinmagan. Balki xorijiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan test topshiriqlari o‘rganilib, ulardan g‘oya olingan holda yangi test topshiriqlari shakllantirilgan”, deyiladi DTM izohida.
Davlat test markazi, shuningdek, Turkiya oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari test sinovlaridan foydalanish mualliflik huquqiga zidligiga ham munosabat bildirgan:
“Bu testologiya qoidalariga va mualliflik huquqiga zid emas. Davlat test markazining ekspertlari tomonidan tuzilgan test topshiriqlari xorijiy manbalardagi savollar bilan bir xil emas va ular O‘zbekistondagi davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari asosida tuzilgan”.
Go‘zal Alimova
LiveBarchasi