“Fitch Ratings” Toshkentga birinchi xalqaro kredit reytingini berdi
Jamiyat
−
19 iyun 2019 3945 1 daqiqa
Joriy yilning 14 iyun kuni nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri "Fitch Ratings" O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrining uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi kredit reytinglari darajasida "BB-" prognozli "Barqaror" maqomini tasdiqladi. Ta’kidlash joiz, bu poytaxtning mazkur yo‘nalishdagi ilk xalqaro e’tirofidir.
Bugun, 19 iyun kuni Rossiya federatsiyasi, MDH va Qoradengiz mintaqasi bo‘yicha "Fitch Rating" agentligining mintaqaviy rahbari Dmitriy Surkov tomonidan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga barqaror progonozli “BB-” suveren kredit reytingini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xalqaro darajadagi e’tirof Toshkentning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi, poytaxt iqtisodiyoti xalqaro miqiyosda barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr