First Development Groupdan “Sovg‘alarga to‘la yoz!” aksiyasi

Biznes

image

Bunday havoda konditsionerlarning ko‘pi bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun ham First Development Group aksiya boshladi va 14 iyuldan 26 avgustga qadar konditsionerlar va boshqa maishiy texnikalarni hadya etadi.

“Sovg‘alarga to‘la yoz!” aksiyasi – bu FDG turar joy majmualari bo‘lmish Parkent Plaza, Manhattan va Riverside xonadonlarini sotib olganlar uchun sovg‘alar.

Parkent Plaza – bu go‘zal tog‘ manzaralariga qaragan, 14 qavatli biznes klass xonadonlar. Turar joy majmuasi Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida joylashgan, bunday joylashuv juda qulay – 10 daqiqada shahar markaziga avtomobilda yetib olinadi va bir vaqtning o‘zida toqqa chiqib ketish uchun ravon yo‘l.

Manhattan – Toshkentning qoq markazi bo‘lgan, Darxonda joylashgan premium va biznes klass turar joy majmuasi. Siz premium xonadonlarni 30 foiz boshlang‘ich to‘lov asosida, 30 oy muddatga, foizsiz muddatli to‘lovga sotib olib, aksiya doirasida sovg‘alarga ham ega bo‘lishingiz mumkin.

Riverside – Yugnakiy mavzesidagi Qorasuv kanalining qirg‘oqlari bo‘yida joylashgan komfort klass turar tor majmuasi. Eng so‘nggi xonadonlar qoldi va biz xaridlaringiz yanada jozibador bo‘lishi uchun maishiy texnika qo‘shib berishga qaror qildik, uni siz o‘zingizning yangi qulay xonadoningizga o‘rnatishingiz mumkin.

2022 yil 14 iyuldan 26 avgustgacha First Development Group xonadonini xarid qilib va boshlang‘ich to‘lov chekini ko‘rsatgan holda siz Goodzone do‘konidan maishiy texnika olish uchun sertifikatga ega bo‘lasiz. Boshlang‘ich to‘lov chekini olib kelgan har bir xaridor o‘z omadini sinab ko‘rishi va Parkent Plaza, Manhattan savdo ofislaridagi shaffof kubda joylashgan, maishiy texnika sertifikati solingan xatjildni mustaqil ravishda tanlab olishi mumkin.

Sertifikat solingan yopiq xatjildlar savdo ofislarimizda o‘z egalarini kutmoqda. Hech kim sovg‘asiz qolmaydi!

Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar uylaringiz salqin va yoqimli bo‘lsin.

Bog‘lanish uchun telefon:  +99878 150 55 11

Saytlarimiz: www.fdg.uz, www.parkent-plaza.uz, www.manhattan.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing