Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Tashqi ishlar vazirligida Finlyandiyaning O‘zbekistonda yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Xelsinkida) Ilkka Ryaysyanen bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Muzokaralar chog‘ida elchining ishonch yorliqlarini taqdim etish uchun Toshkentga tashrifini tashkil etish, O‘zbekiston vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishning amaliy jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar muhokama qilingan.

Joriy yilda Toshkentda siyosiy maslahatlashuvlarning muntazam raundlarini va savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha Finlyandiya parlamentlararo guruhi rahbari Kimmo Kilyunen boshchiligidagi delegatsiyaning 2022 yil avgust oyida O‘zbekistonga tashrifini birgalikda tayyorlashga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing