Finlyandiya Ukrainaga 28,8 mln yevro harbiy yordam beradi
Olam
−
22 dekabr 2022
2121Finlyandiya hukumati Ukrainaga 28,8 million yevro miqdoridagi o‘n birinchi harbiy yordam paketini beradi. Bu haqda “Euractiv” xabar berdi.
Mudofaa vaziri Antti Kaykkonen Xelsinki mudofaa kurashida Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri Finlyandiyaning Ukraina tomoniga ko‘rsatgan yordamining umumiy miqdori 189,2 million yevroni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, Finlyandiya ham Ukraina qurolli kuchlari xodimlarini Buyuk Britaniyada o‘qitishda ishtirok etishda davom etadi.
Avvalroq Finlyandiya Qurolli kuchlari qo‘mondoni general Timo Kivinen o‘z mamlakati sezilarli mudofaa qobiliyatiga ega va “Ukrainada davom etayotgan urushga o‘xshash urush olib borishga” qodirligiga ishontirgan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi