Finlyandiya Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston va Finlyandiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdi.

Tantanali marosim yakunlangach, birgalikda suratga tushildi va delegatsiyalar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Qozog‘iston va O‘zbekiston raqobatlashishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Finlyandiya Aleksandr Stubb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing