Finlandiya Bosh vaziri nonushta uchun olgan pullarini davlatga qaytardi

Olam

image

Finlyandiya Bosh vaziri Sanna Marin oilaviy nonushta uchun ajratilgan pulning bir qismini mamlakat byudjetiga qaytarib berdi. Bu haqda “Ilta-Sanomat” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bosh vazir bir yarim yil davomida oilaviy nonushtasi uchun xarajatlarni davlat byudjetidan sarflagan, chunki u Finlyandiya Bosh vazirlari uchun bu odatiy hol, deb o‘ylagan.

Marin hukumat Bosh vazirlar uchun nonushta puli ajratmasligini bilganidan so‘ng barcha xarajatlarni qoplashga va’da berdi va davlat byudjetiga 10 ming yevro qaytardi. Endi yoz oxirigacha yana 14 ming yevro davlatga o‘tkazishi lozim.

Ma’lumot o‘rnida, Sanna Marin 2019 yilning dekabridan Finlyandiya Bosh vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. U bu lavozimdagi uchinchi ayol va dunyodagi eng yosh Bosh vazir hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

217

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing