Finalissima: Argentina Italiyani tor-mor qildi

Sport

image

Kecha, 1 iyun kuni Angliya poytaxti Londondagi “Uembli” stadionida Kopa Amerikaning amaldagi chempioni Argentina va Yevropa chempioni Italiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Finalissima (ushbu musobaqaning nomi) Argentina terma jamoasining to‘laqonli nazorati ostida o‘tdi. Yakunda Messi va uning jamoadoshlari “moviy gvardiya”ni 3:0 hisobida tor-mor keltirdi.

Dastlab, bahsning 28-daqiqasida Loutaro Martines Lionel Messining qanotdan to‘p uzatishidan keyin yuzaga kelgan vaziyatni samarali yakunladi. Jamoalar 1:0 hisobida tanaffusga chiqishi kutilgandi. Biroq 45+1 daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Anxel Di Mariya oradagi farqni ikkitaga yetkazdi.

O‘yinning ikkinchi 45 daqiqaligida italiyaliklar vaziyatni o‘gartirishi kutilgandi. Ammo argentinalik futbolchilar bunday ssenariyga rozi bo‘lishmadi va ikkinchi bo‘limda ham vaziyatni to‘laligicha nazorat qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Paulo Dibala gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Shu tariqa, uchrashuvda boshqa hisob o‘garmadi va Argentina terma jamoasi “Finalissima” kubogini boshi uzra baland ko‘tardi.

Qayd etish joizki, Kopa Amerika chempioni va Yevropaning eng kuchli jamoasi o‘rtasidagi bunday bahs birinchi marta o‘tkazilgani yo‘q.

Kechagi bahsgacha bu turnir 2 marta bo‘lib o‘tgan, 1985 yilda va 1993 yilda. 1985 yilda Yevropaning amaldagi chempioni Fransiya terma jamoasi Kopa Amerikaning amaldagi g‘olibi Urugvayni 2:0 hisobida mag‘lub etib, ushbu kubokning ilk g‘olibiga aylangan. 1993 yilda esa Argentina terma jamoasi Daniyani mag‘lub qilgan. Kechagi g‘alabadan so‘ng, Argentina terma jamosi ushbu musobaqada ikki marta zafar quchgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.

“Finalissima” Italiya – Argentina 0:3

Gollar: Lautaro Martines (Lionel Messi) 28', Anxel Di Mariya (Lautaro Martines) 45+1', Paulo Dibala 90+4'

Italiya: 21. Janluiji Donnarumma, 3. Jorjio Kellini (6. Manuel Latssari 46'), 19. Leonardo Bonuchchi, 13. Emerson Palmiyeri (23. Alessandro Bastoni 77'), 2. Jovanni Di Lorenso, 8. Jorjino, 18. Nikolo Barella, 12. Matteo Pessina (4. Leonardo Spinatssola 63'), 10. Federiko Bernardeski (5. Manuel Lokatelli 46'), 9. Andrea Belotti (17. Janluka Skamakka 46'), 22. Jakomo Raspadori. 

Zaxira: 14. Aleks Meret, 1. Alessio Krano, 7. Alessandro Florensi, 15. Franchesko Acherbi, 16. Brayan Kristante, 29. Lorenso Pellegrini, 11. Matteo Politano.

Argentina: 23. Emiliano Martines, 19. Nikolas Otamendi, 3. Nikolas Talyafiko, 13. Kristian Romero (6. Xerman Pesselya 85'), 11. Anxel Di Mariya (15. Nikolas Gonsales 90'), 7. Rodrigo De Paul (14. Eksekiel Palasios 75'), 18. Gvido Rodriges, 4. Nauel Molina, 10. Lionel Messi, 20. Jovani Lo Chelso (21. Paulo Dibala 90'), 22. Lautaro Martines (9. Xulian Alvares 85').

Zaxira: 12. Xeronimo Ruli, 1. Franko Armani, 16. Lisandro Martines, 2. Xuan Foyt, 8. Markos Akunya, 5. Aleksis Makalister, 17. Alexandro Gomes.

Ogohlantirishlar: Nikolas Otamendi 22', Leonardo Bonuchchi 39', Jovanni Di Lorenso 72', Nikolo Barella 77'.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Finalissima

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar