Filippindagi Taal vulqoni uyg‘ondi (video)

Olam

image

Filippin poytaxti Manila janubida joylashgan Tall vulqoni uyg‘ondi. Vulqonning faolligi fonida 1200 ga yaqin odam xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Bu haqda “Anadolu Agency” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, muayyan vaqt oralig‘ida faollashgan vulqon kuli 1,5 km balandlikka ko‘tarilgan. 

Mamlakat seysmologiya instituti vulqonning otilishi xavfi darajasini besh balli shkala bo‘yicha uchinchi darajaga ko‘targan. Bu kul emissiyasidan keyin otilish ehtimoli borligini anglatadi. 

Ayni vaqtda aholiga uyda qolish, respirator va ko‘zoynakdan foydalanish tavsiya etilmoqda. Negaki vulqon kullari inson salomatligida turli muammolarga olib kelishi mumkin.

Taal - dunyodagi eng kichik faol vulqonlardan biri. U Filippinning Luzon orolida, poytaxt Maniladan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing