Tanzila Norboyeva tarixiy voqelikni gapirdi
Jamiyat
−
23 avgust 2019
6811O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bugun, 23 avgust kuni o‘z ishini boshlagan Senatning yigirma birinchi yalpi yig‘ilishida yillar davomida go‘yoki erishib bo‘lmasdek tuyulgan xorijiy valyutaning erkin konvertatsiyasi amalda to‘liq joriy etilgani iqtisodiy taraqqiyotga keng yo‘l ochgani haqida to‘xtalar ekan, mamlakatda aksariyat ijobiy ko‘rsatkichlar ko‘proq agrar sohadagi ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lib kelganini aytdi.
Norboyeva O‘zbekistonda shu yilning birinchi yarmida sanoat o‘sishi qaryib 7 foizni tashkil etgani hamda neft-gaz, kimyo va energetika sohalarida 2019 yilda qariyb 4,5 milliard AQSH dollariga teng 60 dan ziyod loyihani amalga oshirish rejalashtirilganini tom ma’nodagi tarixiy voqelik dedi.
Senat raisiga ko‘ra, mamlakat tarixida ilk bor investitsiyaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38 foizdan oshgan va shu tariqa 86 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgani sarmoyadorlarning O‘zbekistonga qiziqishi va intilishi keskin kuchayganidan dalolatdir.
LiveBarchasi