Filippinda 134 kishi bo‘lgan kema yonib ketdi

Olam

image

Bugun, 23 may kuni Filippinning Keson provinsiyasidagi Real porti yaqinida 126 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan tezyurar kemada yong‘in yuz berdi. Oqibatda hozirgacha 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN Philippines xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kema Polilio  orolidan yo‘lga chiqqan. Yong‘in boshlangach, vahimaga tushgan yo‘lovchilar suvga sakray boshlagan.

Port qutqaruvchilari zudlik kema yoniga yetib kelgan. Kemaning 24 nafar yulovchisi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda, 21 nafari turli jarohatlardan davolanmoqda.

 

Mashhura Jo‘rayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing