FIFA va UEFA rus futboliga yangi zarba tayyorlamoqda
Sport
−
03 mart 2022 4158 1 daqiqa
FIFA va UEFA Rossiya chempionatida o‘ynayotgan xorijlik futbolchilarga Rossiya Prefessional ligasi klublari bilan shartnomalarni bekor qilishga ruxsat berishi mumkin.
Ushbu qaror keyingi 7-10 kun ichida qabul qilinishi kutilmoqda. Agarda qaror kuchga kiradigan bo‘lsa, shartnomani bir tomonlama bekor qilish legionerlarning kelajagiga ta’sir qilmaydi.
Futbolchilar Rossiya samolyotlariga hamon ochiq bo‘lgan Istanbul yoki Belgrad orqali Rossiyani tark etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun qaror imkon qadar tezroq qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Shaxboz Qahhorov
Live
Barchasi